Iroq shimolidagi Sulaymoniya shahri yaqinida Kurdiston Ishchi partiyasi (KIP) o‘nlab jangarilari pulemyot va miltiqlarini yoqib yuborgan. Bu marosim Turkiyaga qarshi jangovar harakatni to‘xtatish yo‘lidagi ilk qadam sifatida baholanyapti.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an KIPni qurolsizlantirish boshlanganini olqishlab, bu voqeani mamlakatning g‘alabasi sifatida e’tirof etdi.

– Jangari guruhlarning o‘nlab yillar davom etgan isyoniga chek qo‘yilmoqda, Turkiya tarixida yangi sahifa ochilmoqda, – dedi u. – 47 yillik terror nihoyasiga yetdi.

KIP harakatiga 1999 yildan beri Istanbul yaqinidagi Imroli orolida qamoqda saqlanayotgan Abdulla O‘jalan yetakchilik qilar edi. U fevral oyida harakatni rasman tarqalish, qurolsizlanishga chaqirgach, shunday qaror qabul qilingan.

Qurol tashlaganlar o‘zini “tinch va demokratik jamiyatning bir bo‘lagi” deb atagan. Ularning yozma bayonotida shunday deyilgan:

– Qurolni o‘z ixtiyorimiz bilan tashlayapmiz. Erkinlik va taraqqiyotga demokratik siyosat va huquq yo‘li bilan erishamiz.

Qurolsizlanish jarayoni bir necha oy ichida yakunlanishi kutilyapti. Turkiya va Kurdiston Ishchi partiyasi o‘rtasida mojaro boshlangandan beri 40 000 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Shuningdek, Kurd harbiy-siyosiy harakati Yevropa Ittifoqi, Turkiya, AQSH va boshqa ayrim davlatlar tomonidan terror tashkiloti sifatida tan olingan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Gk1xmUb4z-U" title="Kurdlar qurollarini tashlamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurdlar qurollarini tashlamoqda (+video)