Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida abituriyentlar oliy o‘quv muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish bo‘yicha test sinovlarini topshirdi.

Keyingi yillarda milliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor natijasida yoshlarimizda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayni paytda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida yangi-yangi oliy ta’lim maskanlari, universitetlarning tashkil etilayotgani mehnat bozori uchun yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni yetkazib berishda, yoshlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan orzu-ishtiyoqini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda.

[gallery-24297]

Erta tongdanoq “O‘zekspomarkaz” majmuasi test topshirish uchun kelgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Mazkur majmua pavilonlarida test sinovlari tartibli, belgilangan talab va qoidalarga to‘liq amal qilgan holda tashkil etildi. Soat to‘qqizdayoq ko‘plab yigit-qizlar test sinovlarini topshirib chiqqanlari, ularning yuqori bilim va salohiyatini ko‘rsatadi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. 

–Buxoro viloyatidagi “Karakul international School” maktabida tahsil olganman, – dedi Sevinch Qosimova. – Asosan matematika va huquq fanidan test sinovlarini ishladim. Ona tili, tarix, ingliz tilidan sertifikatlarim bor. Test jarayonida sira qiynalganim yo‘q.   

Gulira’no Ahmadjonova Samarqand shahridagi 28-maktabning 11-sinfini tamomlagan. 

– Asosiy fanlardan tushgan savollarga bilganimcha javob berdim, – dedi Gulira’no. – Huquq fanidan ko‘proq milliy qonunchiligimiz bo‘yicha savollar tushdi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnaganim men uchun foydali bo‘ldi. 

– Testlarni oson ishladim, – dedi Toshkent shahridagi 96-maktab bitiruvchisi Elbek Abdumutalov. – Kimki fanlarni puxta o‘zlashtirsa, test savollariga qiynalmasdan javob topishi mumkin. Umuman olganda, test sinovlari belgilangan qoidalarga mos tarzda o‘tdi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilgi qabulda jami 671 ming 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning 670 ming 454 nafari joriy yilgi test sinovlarida ishtirok etadi. 

Qolgan 943 nafar abituriyent faqat milliy yoki xorijiy sertifikati asosida tanlovda ishtirok etadigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya etiladigan harbiy xizmatchilar farzandlari va Prezident maktablari bitiruvchilari hisoblanadi.

Test sinovlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘yicha jami 65 ta katta sig‘imli bino tayyorlandi. Bunda, bir smenada 35 ming 70 nafar, bir kunda (ikki smenada) esa 70 ming 140 nafar test sinovida ishtirok etadigan abituriyentlar uchun joylar tayyorlandi. 

Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilikdan 3 ming nafardan ortiq nomzod guruh nazoratchisi sifatida saralab olindi. Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarni surdotarjimon xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 100 nafarga yaqin surdotarjimon bilan shartnoma tuzildi.

Test sinovlari Davlat komissiyasining bayoni bilan joriy yilning 14 iyulidan boshlab (10 kun davomida kunlik ikki smenada –  birinchi smena 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena 15:00 dan 18:00 gacha) o‘tkazilishi belgilandi.

–Bugun 14 iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab test sinovlari boshlandi va bu jarayon 23 iyulga qadar davom etadi, – dedi  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining maslahatchisi Javlonbek Nurmatov. – Jarayonda o‘tgan yilgidan farqlar deyarli yo‘q. Sababi, Prezidentimizning tegishli farmoni asosida abituriyentlar dastlab test topshiradi. Olgan ballariga qarab, keyin qaysi yo‘nalishga kuchi yetishini ko‘rib, bilim va salohiyatiga qarab, ikkinchi bosqichda beshtagacha oliy o‘quv yurtini tanlash imkoniga ega. Ya’ni, yoshlar olgan ballaridan kelib chiqib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tegishli oliy o‘quv yurtlarini tanlash imkoniga ega bo‘ladilar. 

Nazokat Usmonova, 

Nosirjon Haydarov (surat), 

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi