FOTOREPORTAJ

Yozning jaziramasi imtihonlar harorati oldida biroz unut bo‘lib, bor e’tiborimiz test sinovlariga qaratiladi. Iyul oyi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bilan boshlanib, bugundan belgilangan joylarda oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar boshlandi.

Jumladan, Samarqand shahridagi test sinovlari o‘tkazish uchun belgilangan binolarda bugun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar test jarayonlarida ishtirok etmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan 72305 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 69 nafari barcha fanlardan tegishli sertifikatlar ega bo‘lganligi uchun test sinovlaridan ozod qilingan. Abituriyentlarning 72237 nafari belgilangan hududlarda test jarayonlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

[gallery-24291]

–  Test sinovlari jami 6 ta bino, ya’ni Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi binosi, SamDU akademik litseyi sport zali, sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport majmuasining 3 ta sport zali hamda Samarqand davlat pedagogika instituti sport zallarida o‘tkazilmoqda, - deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi rahbari Abduvohid Sirliboyev.

 – Test jarayonlari ikki smenada tashkil qilinib, birinchi smena test jarayonlari soat 8:00, ikkinchi smena 15:00 da boshlanmoqda. Bir smenada 3720 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashishi belgilangan. Bugun o‘tkazilgan birinchi smenada test sinovlarida 3350 nafar abituriyent belgilangan binolarga yetib kelgan bo‘lib, 370 nafar abituriyent jarayonda qatnashmadi. Imtihonlar o‘n kun davom etadi.  

Alisher ISROILOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Test: navbat oliy ta’limga