Grenlandiyada ulkan muz bo‘lagi qishloqqa juda yaqinlashdi
Grenlandiyaning g‘arbiy sohilidagi kichik qishloq aholisi tongda uyg‘onib, ko‘z oldida ulkan aysbergni ko‘rdi. Bahaybat ikki muz bo‘lagi baliq zavodi va oziq-ovqat do‘konidan bir necha metr narida to‘xtagan.
Aysbergning balandligi 100 metrdan oshadi. Mutaxassislar fikricha, og‘irligi 11 million tonna atrofida.
Birinchi marta o‘tgan hafta ko‘ringan, keyin oqim bilan boshqa tomonga suzib ketgan muz tog‘i yana qaytib kelgan. Mahalliy hokimiyat favqulodda holat e’lon qilib, Aholining bir qismini evakuatsiya qildi. Agar aysberg yemirilsa, hudud kuchli to‘lqin ostida qolishi mumkin.