Vengriyaning Paksh shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tgan “Junior European Cup 2025” turnirida Kamol Murodov va Diyorbek O‘razboyev murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yana 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki kunlik shiddatli bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqishi ortidan 38 ta davlat orasida kuchli beshlikdan o‘rin egalladi.



“Junior European Cup 2025” turnirida Dilshodbek Hamroyev oltin, Sevinch Murodova, Xurshida Razzoqberdiyeva, Samariddin Muhibiddinov, Umida Nig‘matova, Fazliddin Rafiqov kumush, Rayhona Mamatova va Asadbek Misirov bronza medallariga egalik qildi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA