Shu kunlarda Germaniyaning Reyn-Rur hududidagi Duysburg, Boxum, Essen, Xagen va Myulxaym shaharlari XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari ishtirokchilarini kutib olmoqda.

Kecha o‘yinlarda qatnashadigan ilk sport delegatsiyasi – Braziliya talabalar sport jamoasining dastlabki tarkibi Germaniyaga yetib bordi.

Bugun, 14 iyul kuni erta tongda mamlakatimiz sport delegatsiyasining ishchi guruhi Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Aytish lozim, bu yilgi yozgi Universiada o‘yinlarida 150 taga yaqin davlatning 8 ming 500 nafardan ziyod sportchi-talabalari 18 ta sport turining 234 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Musobaqalar 6 ta shahardagi 23 ta sport majmuasida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 16-27 iyul kunlari o‘tadigan bu galgi o‘yinlarda O‘zbekiston sportchi-talabalari 11 ta sport turi –  kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis bo‘yicha vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi Universiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 16 iyul kuni Duysburg shahridagi “Shauinsland-Rayzen” arenasida o‘tkaziladi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sport delegatsiyasining ilk tarkibi Universiadaga yo‘l oldi