2025 yil boshidan beri AQSHdagi yirik texnologiya kompaniyalari ishchi kuchini keskin qisqartirishda davom etmoqda. Rasmiy statistikaga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) va avtomatlashtirish texnologiyalarining keng joriy etilishi tufayli 94 mingdan ortiq mutaxassis o‘z ish o‘rnidan mahrum bo‘lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu jarayon ayniqsa dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hatto ijodiy sohalarda ham sezilarli bo‘lmoqda. Ko‘plab kompaniyalar inson resurslarini qisqartirib, generativ sun’iy intellekt vositalari yordamida tezroq va arzonroq xizmat ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Misol uchun, ba’zi AT-gigantlar kod yozish, hujjatlar tayyorlash yoki mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun ChatGPT, Gemini, Copilot kabi ilg‘or texnologiyalarga o‘tmoqda. Natijada, ilgari jamoa bo‘lib bajariladigan vazifalar endilikda bir necha daqiqada SI tomonidan ado etilmoqda.

Shuningdek, kompaniyalar bunday o‘zgarishlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, raqobatbardoshlikni saqlab qolish va xarajatlarni kamaytirish vositasi sifatida ko‘rmoqda. Biroq bu tendensiya ishchilar va kasaba uyushmalari tomonidan tanqid qilinmoqda. Ular avtomatlashtirish ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirishi, ishchi kuchining ixtisoslashmagan qatlamlarini ishsizlikka olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.  

Iqtisodchilar fikricha, bu jarayon hali davom etadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari takomillashgani sari, ish bozoridagi ko‘plab an’anaviy lavozimlar o‘z dolzarbligini yo‘qotishi mumkin. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar bilan ishlay oladigan mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ham yaratilmoqda.

BMT va Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar ham ishchi kuchining qayta tayyorlanishi va yangi ko‘nikmalarni egallashi uchun hukumatlar va kompaniyalarni faol choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KV_zBvewEGE?si=Ujy1HJylAQKH5vja" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH texnologiya kompaniyalari 94 ming ish o‘rnini sun’iy intellekt bilan almashtirdi