Tramp ma’muriyatining federal ishchi kuchini qisqartirish harakati doirasida AQSH Davlat departamentining 1000 dan ziyod xodimi ishdan bo‘shatildi.Xorij ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, xabarnomada majburiy qisqartirish ro‘yxatiga 1107 davlat xizmatchisi va 246 nafar diplomat-xodim kiritilgan. 1500 xodim federal hukumatni tubdan isloh qilish doirasida joriy yil boshidayoq lavozimini ixtiyoriy ravishda tark etgandi.

Tanqidchilar fikricha, ommaviy ishdan bo‘shatish ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qochoqlarni Qo‘shma Shtatlarga joylashtiradigan dastur - Aholi, qochqinlar va migratsiya byurosining, deyarli, barcha xodimlari qisqartirildi. Shuningdek, Davlat departamenti Afg‘onlarni ko‘chirish bo‘yicha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish boshqarmasi (CARE) xodimlari ham kamaytirilgan.

Navbatdagi ishdan bo‘shatish jarayoni Tramp ma’muriyatining federal ishchi kuchini qisqartirish rejasi amalga oshishi mumkinligi haqida Oliy sud tomonidan e’lon qilingan qarordan bir necha kun o‘tgach sodir bo‘ldi. Bu jarayon Prezident Donald Trampning saylov oldi kampaniyasi doirasida hukumat xarajatini qisqartirish bo‘yicha va’dasining bir qismi hisoblanadi.

G.Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Davlat departamentida 1000 dan ortiq odam ishdan bo‘shatildi