Gruziyaning Batumi shahrida dunyoning eng kuchli ayol grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan FIDE jahon kubogining 3-tur o‘yinlarining birinchi partiyasi ortda qoldi.

Kecha o‘tkazilgan 16 ta juftlikdagi o‘yinlarning 7 tasida g‘alaba qayd etilgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda tenglik yuz berdi.

Hamyurtimiz Umida Omonova kecha qozog‘istonlik 15 yoshli Elnaz Kaliaxmet bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda murosa yo‘li tanlandi. U.Omonova qora donalarda harakatlanishiga qaramay, raqibasini bir necha bor murakkab ahvolga keltirdi va bahsning 46-yurish holatida g‘alabaga teng  durangga erishdi.

Bugun, 13 iyul kuni 3-turning javob bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvda Umida oq donalarda Elnaz Kaliaxmetga qarshi harakatlanadi.

Voqealar rivojidan oldinga o‘tib aytadigan bo‘lsak, bugungi uchrashuvda Umida g‘alabaga erishsa, keyingi bosqichda xitoylik Ley Tinsze va bolgariyalik Antoaneta Stefanova juftligi g‘olibiga ro‘baro‘ keladi. Bu maqsadga erishish uchun Umida Omonova kechagi durangni bugun g‘alabaga aylantirishi lozim bo‘ladi.

Kecha o‘tkazilgan 3-turning 1-partiyasida Ley Tinsze- Antoaneta Stefanova o‘rtasidagi o‘yinda xitoylik shaxmatchining qo‘li baland keldi.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 676 ming 250 AQSH dollaridan iborat FIDE jahon kubogining final o‘yinlari 26-28 iyul kunlari o‘tkaziladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE jahon kubogi: kechagi durang bugun g‘alabaga aylanadimi?