Islohot odimlari

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish, eksport va import uchun sharoit yaratish yo‘lida bojxona organlarining xizmati katta.

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘liq ta’minlash, mahsulotlarni qayta ishlash yo‘nalishini kuchaytirish orqali eksportni oshirish, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida olib borilgan ishlar samarasi ham keng.

2025 yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma tomonidan jami 8,2 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4,4 trillion so‘m imtiyoz berildi, qolgan summa davlat byudjetiga o‘tkazildi. Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlarga transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolar kiradi. Bugunga qadar 1,1 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi.

Tovarlarimiz asosiy hamkor mamlakatlar – Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston, Belgiya, Polsha kabi davlatlarga eksport qilindi. “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida esa 6 oy davomida jami 59 092 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirildi.

Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha yo‘laklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, deklaratsiyalarning 20,7 foizi “yashil yo‘lak”, 66,1 foizi “sariq yo‘lak”, 13,2 foizi “qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirildi.

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: boshqarmada qonun hujjatlari buzilishining oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?

Sir emas, Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar – jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashildi. Natijada 27 ta holatda 133 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida 2 123 ta holatda tovarlar ushlab qolindi. Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Bugungi kun qadar Toshkent viloyati hududidagi 46 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti tomonidan xorijdan olib kelingan 214,8 ming tonna xomashyo “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan.

Darhaqiqat, shu tariqa tizimda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida barcha bo‘linma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Qahramon UMAROV,

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatilmoqda