Avvaliga iyun oyiga mo‘ljallangan va keyin qoldirilgan Yaqin Sharq bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bosh Assambleya 79-sessiyasi raisi rasmiy vakili Sheron Birch ma’lum qildi.

TASS yozishicha, tadbir Isroil - Eron ziddiyat tufayli qoldirilgan.

17-20 iyun kunlari Saudiya Arabistoni va Fransiya Isroil-Falastin mojarosiga ikki davlat tamoyili asosida yechim topish bo‘yicha global sa’y-harakat masalasini ilgari surish maqsadida anjuman tashkil qilishi kerak edi. 13 iyun kuni Isroil va Eron o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlangach, Prezident Emmanuel Makron tadbir muddati “logistika va xavfsizlik muammosi” tufayli ortga surilishini aytgandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Falastin bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi