Ukraina hukumati mamlakatni tiklash uchun umumiy qiymati bir trillion dollarga teng ikki jamg‘arma tuzishni taklif qilmoqda. Bosh vazir Denis Shmigal uch yildan buyon davom etayotgan urush tufayli mamlakatni qayta tiklash uchun lozim bo‘ladigan xarajatni 850 milliard yevroga baholab, bu jarayon bosqichma-bosqich 14 yil davom etishini aytdi.

Rimda Ukraina masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan, Prezident Vladimir Zelenskiy shaxsan qatnashgan maxsus konferensiyaga hukumat rahbari video havola orqali qo‘shilgan.

– Rejamizga ko‘ra, birinchi fond – Kiyev tomonidan boshqariladigan “Ukraina jamg‘armasi” Rossiyaning xorijdagi musodara qilingan 460 milliard yevrodan ortiq aktivi hisobidan shakllantiriladi, – dedi Shmigal. – Qariyb 400 milliard yevrolik ikkinchi jamg‘arma esa xususiy sarmoya yordamida to‘planadi.

Shuningdek, u ittifoqchilarni 2026-2027 yillar byudjeti taqchilligini bartaraf etish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurs ajratishga chaqirdi:

– Harbiy xarajat hozir 100-120 milliard dollarni tashkil etmoqda. Tinchlik davrida Ukraina qo‘shinini saqlash yiliga 50 milliard yevroga tushadi. YeI shu mablag‘ning yarmini berishidan umidvormiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WD4OtpbGiWY" title="Ukrainani qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainani qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak? (+video)