Milliy uyg‘onish davrining yirik vakillaridan biri, shoir tarjimon Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy — Ajziy 1864 yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog‘ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo‘lida voyaga yetdi. Yangasi qo‘lida savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan o‘rganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini o‘zlashtiradi.

1880 yillardan o‘zi ham an’anaviy usuldagi she’rlar mashq qila boshladi. Biroq zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida e’tirof etilishiga uning ma’rifatchilik faoliyati va ijodi sababdir.

1901 yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida bo‘lib, islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddada Rusiya elchixonasida tilmochlik qiladi. So‘ng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga o‘tadi. Nihoyat Samarqandga qaytib, 1903 yil Halvoyi qishlog‘ida yangi maktab ochadi.

Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. O‘zi ochgan maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi. L. Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning «Shinel» povestini o‘zbek va tojik tillariga tarjima qilgan (1908—10). Darslik yozib, tarjimalaridan namunalar kiritgan. «Ayn ul-adab» («Odob chashmasi», 1916), «Ganjinai hikmat» («Hikmat xazinasi», 1914) kabi she’riy to‘plamlari, «Mir’oti ibrat» («Ibrat oynasi», 1914), «Anjumani arvoh» («Arvohlar yig‘ini», 1912) dostonlari nashr qilindi. «Mir’oti ibrat»da Turkistonning o‘sha davrdagi fojiali ahvoli va undan qutulish choralari haqida bahs yuritgan. Ilm-fan, davlat, til, qonun — bularsiz hech bir millatning istiqboli yo‘q, bu to‘rt narsani qo‘lga kiritmagan millat halokatga mahkumdir, deydi. «Anjumani arvoh»da esa xonlikdagi turg‘unlik tanqid qilingan. She’rlari chuqur falsafiy mazmuni, ijtimoiy-siyosiy mushohadalari, Fuzuliy va Bedilona uslubi bilan ajralib turadi. U milliy uyg‘onish davrining barcha shoirlari singari keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi.  

Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi.

Vatan, ilm-ma’rifatga bag‘ishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni ma’rifatparvar shoir, tarjimon Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy — Ajziyga bag‘ishlanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/i-uP744Otgc" title="Saidahmadxo`ja Siddiqiy – Ajziy" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saidahmadxo‘ja Siddiqiy – Ajziy (+video)