Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasidagi uchrashuv yakuni bo‘yicha XXR tomoni e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, bu ikki qudratli davlat barcha darajada hamkorlik va muloqotni kuchaytirish, aloqalar ko‘lamini kengaytirish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganishga kelishib oldi.

Yuqori martabali mulozimlar kecha Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan ASEAN anjumani doirasida suhbatlashgan.

“Ikki tomon ham uchrashuv ijobiy, pragmatik va konstruktiv o‘tganini tasdiqladi”, — deyilgan Xitoy TIV sayti xabarida.

Ta’kidlanishicha, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar “diplomatik kanallarni, barcha daraja va sohalarda faollashtirish, o‘zaro munosabatni rivojlantirishda diplomatik idoralar salohiyatidan to‘liq foydalanish, vaziyatni boshqarish va birgalikda sheriklikning yangi yo‘nalishlarini topish"ga kelishib olgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va AQSH hamkorlikni kuchaytirishmoqchi