Prezidentimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yida jamoat transportini tubdan isloh qilish, aholini sifatli va kafolatlangan transport xizmatlari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 424 ta yo‘nalishda 2 ming 574 ta jamoat transporti va 12 ming 148 ta yo‘nalishsiz taksi harakatlanmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi Transportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Maxset Uteniyazov. – Respublikada  jamoat transporti qamrovini oshirish maqsadida barcha aholi punktlari xatlovdan o‘tkazildi. 1 ming 169 ta aholi punkti jamoat transporti bilan qamrab olingan. Qolgan 9 ta aholi yashash punktida yo‘llar avtobus qatnovi talabiga javob bermagani hamda jamoat transportining muntazam qatnoviga talab bo‘lmaganligi sababli yengil avtomashinalarda yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatilmoqda.  

Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 8 ta avtobus va 136 ta mikroavtobus, joriy yilning 5 oyi davomida 13 ta avtobus va 16 ta mikroavtobus xarid qilindi. Yil oxirigacha yana 100 ta zamonaviy avtobus va 70 ta mikroavtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yili “Nukus-Olmaota” xalqaro va 19 ta shaharlararo yo‘nalish, joriy yilning o‘tgan oylarida 9 ta yangi shahar atrofi yo‘nalishlari tashkil etildi. Joriy yilda 12 ta yangi jamoat transporti yo‘nalishlari tashkil etiladi hamda mavjud yo‘nalishlarni optimizatsiya qilish orqali 3 ta jamoat transporti yetib bormagan aholi punkti qamrab olinadi. Shu bilan bir qatorda 9 ta M1 toifadagi transport qatnovchi  yo‘nalishlar M2 va M3 toifaga o‘tkaziladi.

Hozirda respublikada brutto-shartnomasi talabiga javob beradigan 13 ta zamonaviy rusumdagi avtobus mavjud. Joriy yilning may oyidan ushbu avtobuslar 1 ta yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni, 7A-sonli “Nukus savdo majmuasi – Nukus shimoli-g‘arbiy avtovokzali” yo‘nalishida 12 ta avtobus bilan brutto-shartnoma tizimi asosida harakatlanmoqda. Nukus shahri jamoat transportini to‘liq brutto tizimiga o‘tkazish uchun qo‘shimcha 160 ta zamonaviy avtobusga talab mavjud.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 ta avtovokzal, avtostansiya hamda 908 ta oraliq avtobus to‘xtash bekati mavjud. O‘tgan yilda 1 ta avtostansiyada (Nukus tumani) va 20 ta oraliq avtobus to‘xtash bekatida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borildi hamda 1,2 km avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etildi. Joriy yilda mahalliy tadbirkor tomonidan To‘rtkul tumanidagi avtostansiyani rekonstruksiya qilish ishlari tashkil etiladi hamda Nukus shahrida “Nukus avtovokzali”ni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, respublika hududida 65 ta bekatni qurish va ta’mirlash ishlari bajariladi hamda shahar ichida 12 km avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan umumiy foydalanish temir yo‘l liniyalarining uzunligi 1021,9 kilometrni tashkil etadi. Hududda 34 ta temir yo‘l stansiya va raz’ezdlar hamda 1 ta blok-post va  11 ta temir yo‘l korxonasi, Nukus shahrida “O‘ztemiryulkonteyner" aksiyadorlik jamiyati Nukus logistika markazi mavjud. Korxonada temir yo‘l vagonlariga yuk ortish va tushirish hamda yuklarni saqlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Korxona bir vaqtning o‘zida 12 ta yuk vagoniga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Aholiga xizmat ko‘rsatish “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish agentligi Orolbo‘yi hududiy bo‘linmasi mavjud bo‘lib, bir kecha kunduzda 600-700 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Jumladan, bugungi kunda Orolbo‘yi hududidan Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent, Qo‘ng‘irot – Andijon – Qo‘ng‘irot” mahalliy yo‘nalishlari, “Toshkent – Volgograd – Toshkent”, “Kulyab – Volgograd –Kulyab”, “Dushanbe – Volgograd – Dushanbe”, “Xo‘jand – Volgograd – Xo‘jand” halqaro yo‘nalishlari orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish direksiyasi tomonidan Miskin – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdi harakatini yo‘lga qo‘yishda “Miskin – Nukus temir yo‘l liniyasini elektrifikatsiya qilish” loyihasi  bo‘yicha smeta hujjatlariga binoan 15 foiz ishlar bajarilib, egri yo‘llarni qisqartirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jamiyatning EP-1 korxonasi tomonidan ustunlar o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tasarrufida yana 2 ta yangi Mang‘it va Gurlan stansiyalarining qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 29 oktyabrdagi “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli MTU filiallari tasarrufidagi stansiyalarda vagon og‘irligini o‘lchovchi statik elektron tarozilarni xarid qilish va o‘rnatish to‘g‘risidagi bayonnomasining 1-bandiga asosan, Qo‘ngirot va Miskin temir yo‘l stansiyalarida vagon og‘irligini statikada o‘lchovchi elektron tarozini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nukus xalqaro aeroportidan haftasiga 17 ta mahalliy yo‘nalish, 7 ta xalqaro yo‘nalishda jami 24 ta aviaqatnov amalga oshirilmoqda.  Prezidentning 2024 yil 9 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha rezident aviakompaniyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga turistlar oqimini yanada oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2024 yil 1 apreldan boshlab Istanbul – Nukus – Toshkent, Samarqand – Nukus –Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i belgilangan. Haftaning dushanba kunlari Nukus – Istanbul – Nukus yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Prezidentning 2024 yil 19-20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha bayonning ijrosini ta’minlash maqsadida haftasiga 2 marta Nukus – Aqtau – Nukus aviaqatnovlari tashkil qilindi.    

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga turistlar oqimini yanada oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2024 yil 1 apreldan boshlab yangi xarid qilinayotgan L-410 rusumli samolyotlardan bir donasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichki reyslar uchun dislokasiya qilinishini ta’minlash yuklatilgan. “Uzbekistan Helicopters” mas’uliyati cheklangan jamiyati aviakompaniyasiga tegishli L-410 rusumli havo kemasi Nukus xalqaro aeroportida ichki reyslarni bajarish uchun dislokasiya qilingan.

Amalga oshirilayotgan ishlar Orolbo‘yi aholisining og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat transporti aholining og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qiladi