Kreml Trampning muhim bayonotini intiqlik bilan kutmoqda
Kreml AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya bo‘yicha muhim bayonotini intiqlik bilan kutyapti.
- Biz AQSH rahbarining har qanday chiqishini diqqat bilan o‘rganamiz, - degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga. Hozir Tramp nimani nazarda tutganini bilish uchun esa bayonotning o‘zini kutamiz.
Avvalroq Tramp "NBC News" kanaliga bergan intervyusida dushanba kuni Rossiya bo‘yicha muhim gap aytishini ta’kidlagan, ammo nima haqda gapirishini ochiqlamagan.