Xalqaro astronomlar jamoasi tomonidan olib borilgan yangi kuzatuvlar natijasida Yerdan taxminan 3 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va milliardlab yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz qolgan noyob galaktika kashf etildi. Bu haqda CNN axborot agentligi xabar berdi.

Olimlar ushbu galaktikani “tosh qotgan” deb atamoqda. Sababi, u boshqa galaktikalardagi kabi yangi yulduzlar hosil qilmaydi, gaz va chang miqdori nihoyatda kam bo‘lib, yulduzlararo faoliyat deyarli yo‘q. U o‘zining dastlabki holatida “muzlagan” va o‘sha holatda saqlanib qolgan. Galaktikalar odatda milliardlab yillar davomida o‘zgaradi – yangi yulduzlar tug‘iladi, supernovalar portlaydi, galaktikalar bir-biri bilan to‘qnashadi. Ammo bu galaktika bundan mustasno.

Tadqiqotlar NASA va Yevropa Kosmik agentligi (ESA) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, James Wyebb kosmik teleskopi va boshqa ilg‘or qurilmalar orqali amalga oshirildi. Galaktika infraqizil spektrda tahlil qilindi va natijada uning tarkibi, harorati hamda yulduzlarining yoshi haqida muhim ma’lumotlar olindi.Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu galaktika so‘nggi 10 milliard yil ichida deyarli hech qanday yirik o‘zgarishlarga uchramagan. Bunday galaktikalar juda kam uchraydi, chunki ular odatda boshqa galaktikalar bilan to‘qnashadi yoki ichki faollik tufayli o‘zgaradi.

Nega bu kashfiyot muhim?

Bu kabi “muzlagan” galaktikalar koinot tarixini o‘rganishda juda muhim manba hisoblanadi. Ular orqali olimlar ilk galaktikalar qanday shakllanganini, ular qanday qilib rivojlanishdan to‘xtaganini va koinotdagi umumiy dinamik jarayonlar haqida chuqurroq tushuncha olishlari mumkin. Astrofiziklar bu galaktikani “kosmik muzey” deb atashmoqda, chunki u go‘yo o‘tmishdagi galaktikalar qanday bo‘lganini hozirgi zamonga yetkazib bergandek.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/D1wbONPfCzc" title="3 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda “tosh qotgan” galaktika kashf qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda “tosh qotgan” galaktika kashf qilindi (+video)