Adliya tizimi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatining Konimex tumanidan qariyb 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Sarjal ovulida “Huquqiy mahalla” loyihasi o‘tkazildi.

Bu yerda 320 dan ortiq xonadonda 1500 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.  

O‘rganishlar jarayonida o‘qituvchilarning mehnat munosabatlariga oid murojaati o‘rganib chiqildi.  

O‘tkazilgan adliya kunlarida nafaqat mehnat munosabatlariga oid, balki fuqarolarning uy-joy kadastri, salomatligini tiklash, meros, oilaviy munosabatlar, fuqarolik holati bilan bog‘liq murojaatlariga ham javob topildi. Aholiga huquqiy maslahatlar berilib, davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.  

– Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan olis hududlarda ishlaydigan byudjet tashkilotlari xodimlariga, jumladan, pedagoglarga ham ustama va kompensatsiyalar to‘lab berilishi nazarda tutilgan, – deydi Konimex tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Zafar Nasimov. – Biroq ovuldagi 4-sonli maktabda ingliz tili fanidan dars berayotgan o‘qituvchilar Dilafro‘z Hamdamova va Zilola Abdullayevalarga na ustama pullari, na yashashi uchun ijara haqi mablag‘lari to‘lab berilgan. Birgina Hamdamova va Abdullayevalar misolida butun tumandagi 160 nafar pedagoglarning muammolariga yechim topildi.  

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati” tasdiqlangan bo‘lib, Konimex tumanidagi 5 ta ovul fuqarolar yig‘ini olis manzillar etib belgilangan. Ammo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan bu hududlarda joylashgan ta’lim maskanlariga kelib ishlovchi o‘qituvchilarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmagan.  

Natijada “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar sabab maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga o‘qituvchilarga 1 milliard 230 million so‘mga teng ustama va ijara mablag‘larini to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan. Ayni kungacha pedagoglarning qariyb 767 million so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lab berildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglarning ustama va ijara haqi pullari undirilmoqda