Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ijtimoiy tarmoq orqali video bayonot berib, G‘azo sektorida kelishuvga erishilgan taqdirda ham, agar XAMAS 60 kunlik o‘t ochishni cheklash muddati ichida qurolsizlanmasa, hujumni davom ettirish bilan tahdid qildi. AQSHga tashrifining so‘nggi kunida u G‘azoda urushni to‘xtatish va mahbuslar almashish bo‘yicha muzokara e’lon qildi. shuningdek, tirik yoki marhum isroillik mahbuslarning yarmini ozod qilishga intilayotganini bildirdi.

Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil tomonidan sulh tuzish uchun zarur shart qabul qilingani, muzokarada vositachilik qilgan Qatar va Misrning XAMASga yakuniy taklifi taqdim etilishini aytgan.

XAMAS ham "ijobiy javobi"ni vositachilarga yetkazgani, muzokaraga tayyorligini e’lon qilgan.

Tel-Aviv ma’muriyati XAMASning taklifga o‘zgarish kiritish fikrini qabul qilib bo‘lmasligiga urg‘u berdi. Shunga qaramasdan, Isroil delegatsiyasi muzokarada qatnashish uchun Dohaga bordi.

Qatar muloqoti qisman kelishmovchilikni bartaraf etdi, biroq Isroilning G‘azo janubidagi Rafoh va Xon-Yunus shaharlarini ajratib turuvchi Morag yo‘lagini bosib olish maqsadi borasidagi qat’iyatini sindira olmadi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxu: XAMAS qurolsizlantirishdan bosh tortsa, hujum davom etadi