“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari Namanganda ko‘tarinkilik va yuqori saviyada o‘tkazildi.

Davlatobod tumanidagi “Yosh kuch”, “Markaziy” va “Navbahor” zaxira o‘yingohlarida bo‘lib o‘tgan musobaqaning viloyat bosqichida shahar va tumanlar hududiy bellashuvlarda saralangan 14 ta mahalla jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun maydonga tushdi.

Yoshlar uchun chinakam sport va do‘stlik anjumaniga aylangan musobaqaning final uchrashuvlari “Navbahor” markaziy stadionida o‘tkazildi. Musobaqaga tashrif buyurganlar nafaqat ajoyib ommaviy futbol bahslari, balki san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturidan ham zavq oldi.

Qayd etish joiz, yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni qaror toptirish hamda iste’dodlarni aniqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan mazkur an’anaviy turnirning joriy yildagi saralash bellashuvlarida 65 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar qamrab olindi.

Hal qiluvchi o‘yinlarda yashil maydonga Uychi tumanining “Toshloq” jamoasi Chust tumanining “Mashhad” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda 2:1 hisobida ustun kelgan uychilik yoshlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hayajonli va murosasiz tarzda o‘tgan final uchrashuvida Kosonsoy tumanining “Olmazor” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Yangiqo‘rg‘on tumanining “Yuqori Navkent” jamoasi “DXX kubogi”ni qo‘lga kiritdi.

“DXX kubogi” Namangan viloyati bosqichining mini-futbol bo‘yicha bellashuvlarida To‘raqo‘rg‘on tumanining Naymancha mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada barcha raqiblarini taslim etgan Namangan tumanining Qo‘qon qishloq mahallasi jamoasi ham boshi uzra kubokni baland ko‘tardi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Shavkat Abdurazzoqov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov g‘olib-sovrindorlarni tabriklab, jamoalarga respublika bosqichida ham omad omad yor bo‘lishini tiladi.

Turnir g‘oliblari, faol ishtirokchilar hamda viloyatda millionlar o‘yini rivojiga hissa qo‘shayotgan bir qator fidoyi mutasaddilar maxsus ko‘krak nishoni, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“DXX kubogi” g‘oliblari aniqlandi