Antikorrupsiya

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB veb-saytida  bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning “Korrupsiyaga murosasizlik – adolatli jamiyat poydevori” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi korrupsiya illatining bank-moliya tizimi va tadbirkorlik rivojiga salbiy ta’siri haqida so‘z boradi. 

Shuningdek, maqolada “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish hamda bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar ham yoritilgan. 

Qayd etilishicha, bankda xalqaro standart va tajribani o‘zida mujassam etgan samarali tizim yaratilgan. 2023-yilda Bosh bank, hudud va tuman sotuv nuqtalari darajasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti joriy qilingan. Mazkur tizim samaradorligi joriy yilning mart oyida mustaqil xalqaro tashqi audit tomonidan ijobiy baholanib, muvofiqlik sertifikatining muddati uzaytirildi. 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbarining ta’kidlashicha, bankda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, bankni bozor va mijoz talablariga moslashtirish va yanada rivojlantirish uchun muhim vazifalar belgilangan. Xususan:

• jarayonlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish;

• zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish;

• mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy oshirib borish; 

• xodimlar o‘rtasida halollik vaksinasi va etika qoidalarini targ‘ib etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish;

• mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazib borish choralari ko‘rilmoqda. 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish bu faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyati va burchi hamdir. Har birimiz halollikni kundalik hayotimizda, oilamizda, faoliyat yuritayotgan tashkilotimizda, qo‘yingki, jamiyatimizda asosiy qoidaga aylantira olsak, barqaror va taraqqiy etuvchi kelajakni birgalikda yaratishimiz mumkin bo‘ladi” – deyiladi maqolada.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga murosasizlik – adolatli jamiyat poydevori