Sog‘liqni saqlash vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi o‘tkazildi.

Senat Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda milliy va hududiy kengashlar a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati, hududiy boshqarmalar va muassasalar mutasaddilari, shuningdek, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy holatlar, ularning kelib chiqish sabab va oqibatlari, oldini olish choralari keng muhokama qilindi. Xususan, Prezidentimizning 2025 yil 19 maydagi 88-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

2024 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 500 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyat qayd etilgan. Ularning katta qismi mansabni suiiste’mol qilish, pora olish-berish va davlat mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq. 

Davlat xaridlari sohasida ham qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Hozirgi vaqtda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarining sust ketayotgani, kadrlar tanqisligi, ishga qabul qilishda shaffoflikning yo‘qligi, tibbiy xizmatlar sifatining turli darajada bo‘lishi kabi tizimli muammolarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Senat Raisi ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat jazo choralari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Asosiy maqsad tizimda sezilarli o‘zgarishlarga erishish, fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchini mustahkamlashdir. Buning uchun, birinchi navbatda, ichki nazorat, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash lozim.

Majlis yakunida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga bir hafta muddatda muhokama jarayonida bildirilgan takliflarni umumlashtirgan holda aniq chora-tadbirlar rejasi – “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, Milliy kengashga kiritish vazifasi yuklatildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi: Sog‘liqni saqlash tizimida ichki nazorat, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash lozim