“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va salohiyatini rivojlantirish maqsadida bir qator to‘garaklar tashkil etilib, samarali faoliyat yuritmoqda.

Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida ham bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Maktab hududidagi Kamondan otish sport kompleksi ot sporti va kamondan otishga qiziqadigan yoshlar bilan gavjum.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bunyod etilgan ushbu sport majmuasi mahalla aholisi uchun ham sayr qilish hududi, ham bolajonlarning sevimli o‘yin maydonlariga aylangan. 

Albatta, o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun mazkur sport kompleksi eng yaxshi tanlovlardan biri, desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi, ot minish nafaqat sport, balki insonning salomatligi uchun ham juda muhim sanaladi. Chavandozlar maktabida bu borada ham ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, ippoterapiya uslubida salomatligida nuqsoni bo‘lgan bolalarni malakali mutaxassislar ko‘rsatmalari asosida davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘quvchilar, sportsevar har qanday inson bu yerda sport to‘garaklarida shug‘ullanish bilan birga, hududning manzarasida mazza qilib hordiq ham chiqaradi. Shu sababli ham ushbu sport kompleksi mahalla ahlining sevimli maskaniga aylanib ulgurgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oDM54mE90RQ" title="Mahalla ahlining sevimli maskani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla ahlining sevimli maskani (+video)