Odamlar orasida yosh jihatdan har bir avlod o‘rtasida farqlar borligi haqida birinchi bo‘lib AQSHlik kuzatuvchilar Neyl Xouv va Ulyam Shtrauslar 1991 yilda aytishgan. Ular yosh jihatdan avlodlar qadriyatlari haqidagi nazariyani yaratishgan. Bu farqlar sabablari o‘rganilgan va ular vaziyatdan, iqtisoddan, siyosatdan va texnologiyalardan iborat ekanligi aniqlangan. Bir muddat o‘tgandan so‘ng bu nazariya amaliyotda qo‘llanila boshlandi, chunki u biznes sohasida juda samarador edi.

Tez-tez qulog‘imizga chalinayotgan “Zed avlod” atamasi ilk bor “To‘rtinchi burilish” kitobida tilga olingan. Ayrim manbalarda bu avlod vakillari “Zumer”lar deb ham ataladi. Mutaxassislarning fikricha, “zumer” tushunchasi 1943–1963 yillarda dunyoga kelgan “bumer”larning rivojlangan modeli.

Biz bugun ko‘rib turgan “Zumer” avlod geni “Zed”ga nisbatan modellashgan bo‘lib, ushbu atama jismoniy faol chaqaloq “bebi-bumer”larga nisbatan ham aytiladi. Ayni paytda uning takomili “Zumer”lardir. Ular “Y”dan keyingi va yangi “Alfa” avloddan oldingi tabaqa hisoblanadi. O‘rganishlar “Zed” vakillari X va Y avlodlarning farzandi ekanini ko‘rsatadi. Ikki avlod birlashuvidan hosil bo‘lgan gen o‘zida yangi-yangi xususiyatlarni namoyon etishi bilan farqlanadi. Ulardagi faollik, aql-idrok, mulohaza qobiliyati va jamoa bilan ishlash xususiyati X-Y avlodning aksi bo‘lgan Zeta genlarining transformatsiyalashuvi va yetakchi gen xususiyatlari kuchayishi natijasida geppir avlod qatlami shakllanishiga olib keldi.

Jahon iqtisodiyoti hamda texnologiyalar asri uchun bu avlod vakillari juda muhim ahamiyat kasb etadi. Avlod xususiyatiga ko‘ra Bumer-X-Millennial-Zumer orasidagi tafovutlar kun sayin ortib bormoqda. Hatto 2000 yillarda tug‘ilgan bolalar bilan 2015 yildan keyin dunyoga kelganlar o‘rtasida farq bor. X-Y va Z avlod o‘rtasida katta tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Avlodlar o‘rtasida Yer sayyorasining hozirgi holatidan norozi Bebi-Bomer avlod X-Y tomonidan “zeta”larga nisbatan dunyoning ijtimoiy-siyosiy holatiga beparvoligidan e’tiroz bildirsa, Z vakillari Bebi-bomer va X-Y avlodlarni bugungi yerning shu holga kelishiga sababchi sifatida ko‘radi. Bugungi lavhamiz orqali har bir avlod vakillariga to‘liq izoh va avlodlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar sabablarini izlab ko‘ramiz.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/iKlUY3nBWrA?si=zHijsUcM2ve-8glL" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
X-Y-Z avlod vakillari nega bir-birlarini tushunishmaydi? (+video)