Tramp ko‘plab davlat yetakchilariga oshirilgan tarif 1 avgustdan kuchga kirishi haqida maktublar jo‘natdi, deb xabar berdi “Yevronyus”.

AQSH Prezidenti Yaponiya va Janubiy Koreyadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik soliq solinishini e’lon qildi. Shuningdek, boshqa davlatlar uchun bu qonun 1 avgustdan kuchga kirishini bildirib qonunning yangi stavkalarini ham ma’lum qilgan. Tramp nomalar orqali import solig‘ini ko‘tarib o‘ch olinmasligidan ogohlantirgan. Aks holda Tramp ma’muriyati tarif yanada oshirilishini aytgan.

Amerika yetakchisining savdo siyosati iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi, hatto AQSH va boshqa mamlakatlarni turg‘unlikka olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. Tramp fikricha, mahalliy ishlab chiqarishni kuchaytirish va tadbirkorlarga soliq imtiyozi berish uchun shunday siyosatini olib borish kerak. Bunday keskin qarorlardan keyin turli xavotirlar kuchaygan bo‘lsa-da, Prezident muzokara olib borishga tayyorligini ham bildirgan. Ko‘pchilik bu holatni Trampning ikkilanayotgani yoki o‘zi boshlagan ish natijasiga ko‘zi yetmayotganiga yo‘yib, battar xavotirga tushmoqda.

Janubiy Koreya Savdo vazirligi 25 foizlik tarif kuchga kirgunga qadar o‘zaro manfaatli kelishuvga erishish uchun Qo‘shma Shtatlar bilan muzokarani tezlashtirmoqchi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt aytishicha, Tramp tariflarni o‘zi belgilab, “dunyodagi har bir mamlakat uchun moslashtirilgan savdo rejasi” tuzgan. Aniq shakllangan sxemadan so‘ng hujjatni ularga pochta orqali jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu esa savdo bitimi bo‘yicha muzokara olib borishning Trampcha yangi yo‘nalishi ekan.

Shu bilan birga maktublar kelishilgan qarorlar emas, balki Trampning tariflar bo‘yicha o‘z tanlovini ifodalaydi, deydi Oq uy matbuot kotibi. Buni xorijiy delegatsiyalar bilan yopiq eshiklar ortidagi muzokaralar har ikki tomon uchun qoniqarli natija bermaganidan dalolat, deb tushunish mumkin.

Osiyo jamiyati siyosati instituti vitse-prezidenti Vendi Katler Yaponiya va Janubiy Koreyaga tarif oshirilishini “afsuslanarli” deya baholagan.

– Bu ikki davlat iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha yaqin hamkor sifatida Qo‘shma Shtatlarga kemasozlik, yarim o‘tkazgichlar, muhim minerallar va energetika kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘p narsa taklif qila oladi, – degan Katler.

Tramp boshqa hamkorlar qatori Yevropa Ittifoqi va Hindiston bilan hamon hal qilinmagan savdo kelishmovchiligiga ega. Shu bois AQSHga eksport uchun 55 foiz soliq soladigan Xitoy bilan qat’iyroq muzokara olib borish lozimligi aytiladi.

Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa idorasi bayonotida Tramp tomonidan e’lon qilingan tariflar noto‘g‘ri tavsiflangani ma’lum qilindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakati murakkab vaziyatga qaramasdan “AQSH bilan yanada muvozanatli va o‘zaro manfaatli savdo aloqasi o‘rnatish uchun diplomatik sa’y-harakatni davom ettiradi”.

Tramp ma’muriyati avvalroq 90 kun ichida 90 ta bitim tuzishga va’da bergan edi, biroq hozirgacha olib borilgan muzokaralar natijasida faqat ikkita savdo kelishuviga erishilgan, xolos. Shunday bo‘lsa-da, Tramp o‘ylagan rejasini amalga oshirish niyatidan qaytgani yo‘q. Maktublar ham ayni jarayonning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/k-dZAoBk8HY?si=r7f8HXWSo1r5fop9" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp maktublari (+video)