Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda tinchlik, xavfsizlik va mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Global muloqot uchun ochiq maydon yaratadi, nizolarni bartaraf etib, gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, turli agentliklar faoliyati va dasturlar orqali qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi, inson huquqi kabi dolzarb masalalarni hal qilishga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, barqaror va adolatli dunyo yaratishga intiladi.

Mazkur xalqaro tashkilotning bugungi kundagi faoliyati haqida haqqoniyroq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida O‘zA muxbiri BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Mahlga bir necha savol bilan murojaat qildi.

Suhbat chog‘ida, ayniqsa, xalqaro darajadagi hamkorlikning hal qiluvchi roli, O‘zbekistonning tashkilotdagi mavqei, yoshlar o‘rtasida siyosiy qarashni shakllantirish muhimligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Sabine xonim zamonaviy muammolar, jumladan iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy tengsizlik va mintaqaviy nizolarni hal qilish uchun global sheriklik juda zarurligiga urg‘u berdi. Shu bilan birga O‘zbekistonning xalqaro maydondagi siyosiy faolligi hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga sodiqligini yuqori baholadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/nxpTdVKQNv4?si=_chzNWrBTHLCrQyj" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabine Mahl: O‘zbekiston – BMTning kuchli hamkori