Bugun, 11 iyul kuni Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi FIDE jahon kubogi bahslarining 2-tur tay-brek bahslari bo‘lib o‘tadi.

Kecha 2-tur o‘yinlarining javob uchrashuvida Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik Lu Myaoyini mag‘lub etdi va hisobni tenglashtirishga erishdi. Umida Omonova Yevropa chempioni, polshalik Alina Kalinskaya bilan yana durangga erishdi. Afruza Hamdamova yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni, hindistonlik Hampi Koneru bilan durangga erishdi va 2-turning ilk o‘yinidagi mag‘lubiyatga uchragani tufayli tomoshabinlar qatoriga qo‘shildi.

Bugun o‘tadigan tay-brek o‘yinlarida Gulruhbegim Tohirjonova Lu Myaoyi, Umida Omonova Alina Kalinskaya bilan hal qiluvchi bahsni o‘tkazadi.

Aytish lozim, U.Omonova tay-brekdan muvaffaqiyatli o‘tsa, 3-turda qozog‘istonlik 15 yoshli Elnaz Kaliaxmet bilan ro‘baro‘ keladi. Qozog‘istonlik shaxmatchi qiz 2-turda ayollar o‘rtasida jahon chempioni, gruziyalik tajribali grossmeyster Nino Batsiashvilini mag‘lub etdi.

Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik shaxmatchi to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda 3-turda ukrainalik Yuliya Osmak bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, 47 ta mamlakatning 107 nafar eng kuchli ayol grossmeysterlari dona surayotgan FIDE jahon kubogining mukofot jamg‘armasi 676 ming 250 AQSH dollaridan iborat bo‘lib, musobaqalar 28 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE jahon kubogi: Tohirjonova va Omonova keyingi bosqich ostonasida, Hamdamova tomoshabinlar qatorida