Andijon viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha 70 milliard so‘mga yaqin noreal qarzdorlik iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Andijon viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman, shahar jamiyatlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, noreal shakllangan qarzdorliklarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida xizmat ko‘rsatish sifati va ahvolini o‘rganish yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganishlar olib borish rejasi tasdiqlangan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi, tuman, shahar jamiyatlariga viloyat aholisidan maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalari faoliyati, bu boradagi noreal qarzdorlik bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar yuqoridagi reja va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida o‘rganib borilmoqda. 

Aholidan tushgan murojaatlarda maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan zarur xizmatlar ko‘rsatilmaganligi, noreal qarzdorlik yuzaga kelganligi bayon etilgan. 

Mutaxassislar tomonidan murojaatlar o‘rganilganida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Andijon viloyat boshqarmasi, uning tasarrufidagi tuman, shaharlarda ish olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ommaviy shartnomalar tuzilganligi aniqlandi. 

Biroq, 2024 yil va joriy 2025 yilning dastlabki oylarida, ayniqsa, kuz-qish oylarida havo haroratining sovib ketganligi, gaz tanqisligi tufayli maishiy chiqindilarni olib ketishga mas’ul korxonalar texnika vositalarini yoqilg‘i bilan ta’minlay olmagan. Shu bois, qayd etilgan davr ichida belgilangan grafik asosida aholiga to‘liq va sifatli xizmat ko‘rsatilmagan. 

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha mas’ul korxonalar tomonidan mahallalarga, aholiga belgilangan xizmatlar ko‘rsatilmaganligi sababli 2024 yil mobaynida hisoblangan 64 milliard 345 million so‘m va joriy yilning iyun oyiga qadar hisoblangan 5 milliard 633 million so‘m, jami 69 milliard 978 million so‘m qarzdorlik to‘lovlari iste’molchilar foydasiga billing tizimidan o‘chirildi. 

F.Ubaydullayev, 
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noreal qarzdorlik iste’molchilar foydasiga billing tizimidan o‘chirildi