Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, mazkur tashkilot dunyo miqyosidagi nufuzli biznes mukofotlardan biri hisoblangan “The Bizz Awards” sovriniga sazovor bo‘ldi.

Bu yilgi tanlovda “O‘zkimyosanoat” AJ “Innovatsion, malakali va tizimli ishlovchi yetakchi” nominatsiyasida g‘olib, deb topildi. Bu esa kompaniyaning xalqaro bozordagi o‘rni, sanoatdagi barqaror o‘sishi hamda islohotlarga asoslangan samarali boshqaruvi xalqaro darajada tan olinganidan dalolat beradi. 

Shuningdek, jamiyat rahbariyati ham “The Bizz Awards”ning qator individual nominatsiyalarida muvaffaqiyat qozonib, yetakchi rahbarlik, strategik fikrlash va xalqaro standartlarga mos boshqaruv sohalaridagi yutuqlari uchun alohida mukofotlar bilan taqdirlandi. 

“O‘zkimyosanoat” AJ bundan keyin ham innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar va barqaror rivojlanish asosida mamlakat sanoati va iqtisodiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishda davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, “The Bizz Awards” – 2005 yildan buyon Butunjahon biznes konfederatsiyasi (WORLDCOB) tomonidan ta’sis etilgan mukofot bo‘lib, korporativ boshqaruvning yuqori darajasi, barqaror o‘sish, ijtimoiy mas’uliyat va biznes etikasi bo‘yicha yuqori standartlarga rioya qiluvchi tashkilotlarni e’tirof etishni maqsad qiladi. Ushbu mukofot dunyo bo‘ylab 130 dan ziyod davlatni qamrab olgan. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “The Bizz Awards” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi