Savdo aloqalarini rivojlantirish Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning standartlashtirish sohasidagi hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirok etib,

o‘zaro amaliy hamkorlik faollashgani, texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratdi.

Darhaqiqat, standartlashtirish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlashda bozor nazoratini yo‘lga qo‘yish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasi hamisha muhim sanaladi.

Yurtimiz vakillar tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan soha yo‘nalishida ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi, deyiladi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lumotida.

Tadbir yakuniga ko‘ra soha yo‘nalishlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqishga kelishib olindi.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHTga a’zo davlatlarning standartlashtirish sohasida hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi