Hattoki eng mas’uliyatli ota-onalar ham farzandining baxtli, bilimli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan, shuningdek, oiladagi totuvlikka ta’sir o‘tkazadigan, ta’lim va tarbiyada yo‘l qo‘yadigan xatolardan holi emas. Farzandi kelajakda maqsadlariga erishishi, mustaqil fikr va qarashlarga ega shaxs sifatida voyaga yetishini istagan ota-onalar tarbiyada ortiqcha g‘amxo‘rlik qilish va haddan ortiq qattiqqo‘l nazoratdan tiyilishi kerak.
Yomon baho uchun jazolash tabiiy, deb o‘ylaydigan ota-onalar farzandi hamisha stressda bo‘ladi. Bunday ota-onalarga bola, uning ruhiyati emas atrofdagilar fikri va nima deb o‘ylashi muhim. "Qizim , o‘g‘lim omadsiz ekanini eshitgan odamlar men haqimda nima deb o‘ylaydi?" singari fikrlar bilan o‘zlarini oqlash holatlari ham kuzatilishi mumkin va bunday vaziyatda bolada a’lochi sindromi shakllana boshlaydi. Yetakchi va birinchi bo‘lish hamma narsadan muhim bo‘ladi. Voyaga yetganda esa bunday farzandlar biron narsa muvaffaqiyatga erishishiga 100 foiz amin bo‘lmasa, harakat qilmaydi, bu esa hayotda ko‘p qoqilishlari, yangi narsaga qaror qila olmay qiynalishlariga sabab, hayotini o‘zgartirishiga esa to‘siq bo‘ladi. Maktabda a’lo bahoga o‘qigan bolaning hayotda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli kam ekanligi ham shundan. Uch bahoga o‘qiganlarning esa ko‘pincha omadi chopadi, chunki ular xato qilishdan qo‘rqmaydi va urinib ko‘radi. Ular natija qanday bo‘lishini bilmagan taqdirda ham, sinab ko‘rish va davom etishdan qo‘rqmaydi.
Xo‘sh, "a’lochi" va "ikkichi"lik bir umrlikmi? Bugungi lavhamiz ana shu haqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/q6fPPWn9DKA?si=WY0GZKEdZZ5uMHXG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev,O‘zA