O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati kengashining IX konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, Federatsiya raisi o‘rinbosari Baxtiyor Hasanov, Oliy Majlis Senati a’zosi Pokiza Axmedjanova, hamkor tashkilotlar vakillari, faollar, kasaba faxriylari hamda 100 nafar delegatdan 98 nafari ishtirok etdi.

Anjumanda Erkinjon Turdimov kasaba uyushmalarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, ularning xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik sifatidagi o‘rnini ta’kidladi.

– Bugungi kunda kasaba uyushmalari nafaqat mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilmoqda, balki ularning turmush darajasini oshirish, sog‘lomlashtirish va bandligini ta’minlashga ham faol hissa qo‘shmoqda, – dedi viloyat rahbari.

Hisobot va amaliy ishlar tahliliga bag‘ishlangan konferensiyada 2020–2025 yillarda viloyat kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi. Kengash raisi Rustambek Tursunmurodov ushbu davrda 1 392 ta boshlang‘ich tashkilot orqali 198 591 nafar a’zo qamrab olinganini ma’lum qildi.

Ushbu yillar mobaynida “Yangiyer” sanatoriysi 7,85 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlandi, Zomin va Sirdaryo tumanidagi bolalar oromgohlari modernizatsiya qilindi. Jami 9 293 nafar bola statsionar, 11 182 nafar bola esa kunduzgi oromgohlarda sog‘lomlashtirildi. Kasaba uyushmalari tomonidan viloyatda 621 ta mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ularda 9 006 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi. Shuningdek, mehnat munosabatlari yuzasidan 27 ta da’vo arizasi sudlarga taqdim etilib, 495 nafar ishchi-xodimning 3,18 milliard so‘mlik ish haqi undirib berildi.

Mehnat muhofazasi va huquqiy nazorat sohasida 2020–2025 yillarda 174 ta korxonada jamoatchilik nazorati o‘tkazilib, 495 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi va ularning 91 foizi bartaraf etildi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan 1 872 nafar vakil 30 985 ta kamchilikni aniqlagan. Ulardan 25 926 tasi hal etilgan. Ish paytida jarohat olgan va boquvchisini yo‘qotgan 147 nafar fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Sudlar orqali 1,46 milliard so‘mlik zarar undirilishiga erishildi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va sayohatlar tashkil etish borasida ham ijobiy natijalar qayd etildi. Jumladan, 2020–2025 yillarda 587 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir, 256 ta teatr, 227 ta muzey hamda 500 ga yaqin madaniy ob’ektlarga tashriflar uyushtirildi. Shuningdek, 8 680 nafar ishchi-xodim uchun mahalliy, 17 755 nafar uchun esa tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etildi.

Konferensiyada taftish komissiyasi faoliyati haqida ham axborot berildi. Shundan so‘ng, kelgusi besh yillik faoliyat uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Anjumanda viloyat kengashi raisi lavozimiga ikki nomzod ko‘rsatildi. Muqobillik va yashirin ovoz berish asosida o‘tkazilgan saylovda 98 nafar delegatdan 93 nafari Rustambek Tursunmurodov nomzodini qo‘llab-quvvatlab, uni yana besh yillik muddatga rais etib sayladi. Shuningdek, ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oybek Ashurmatov va Bahodir Hamidjonov viloyat kengashi raisi o‘rinbosarlari lavozimiga saylandi.

Anjuman yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qurultoyida ishtirok etuvchi delegatlar ham saylandi.

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda Kasaba uyushmalari raisi qayta saylandi