“BBC Travel” global media portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi. Turizm O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda.

Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda.  O‘zbekiston o‘zining turizm brendini xalqaro miqyosda faol targ‘ib qilmoqda. Sayyohlik ko‘rgazmalarini o‘tkazish, xalqaro forumlar va marketing kampaniyalarida ishtirok etish potensial sayyohlarning xabardorligini oshirish va e’tiborini jalb qilishga yordam beradi.  

Jumladan, 8 iyul kuni O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi ko‘magida “O‘zbekiston – Kuvayt” xalqaro turizm forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbirda ikki davlatning turizm idoralari, sayyohlik kompaniyalari, aviakompaniyalar, savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar qatnashdi. Forumda O‘zbekistonning turizm salohiyati, boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi, shuningdek, ziyorat, tibbiy, gastronomik va ekologik turizm imkoniyatlari keng namoyish etildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ohzi_uCidBU?si=zoAO_8iCNAaexOQu" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin NURIDDINOV, Iskandar ISMATOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – Kuvayt” xalqaro turizm forumi: yangi hamkorlik ufqlari