Yurtimizda sog‘ligida nuqsoni bor bolalarning jamiyatga moslashuvini ta’minlashga e’tibor qaratilib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 yanvardagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qarorga ko‘ra, hududlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik guruhlari” tashkil etilyapti. 

Mazkur guruhga ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolajonlar qabul qilinadi. Ular malakali mutaxassislar tomonidan parvarishlanib, ta’lim-tarbiyaga jalb etilgan holda jamiyatga moslashishiga ko‘maklashiladi. 

[gallery-24239]

Qiziltepa tumanining Bo‘ston mahallasida yashovchi Zarnigor Ochilova ikki nafar nogironligi bo‘lgan farzandning onasi. Bir paytlar farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik uchun uyda parvarishlardi. Kun bo‘yi bolalarining parvarishi bilan band bo‘lgan ona, yaqinlarining yordamiga suyanishga majbur edi.

Bugun esa vaziyat tubdan o‘zgardi. Davlatimiz tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlardan bu oila ham samarali foydalanmoqda.

Hududda tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik guruhlari” faoliyati tufayli Zarnigorning kichik qizi Farangiz endilikda shu guruhda tarbiyalanmoqda. Bu esa ona uchun nafaqat yengillik, balki qizining jamiyatga moslashishida katta imkoniyat bo‘ldi. Katta qizi Mehrangiz esa ilgari uyda tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunda maktabdagi inklyuziv sinfda tengqurlari bilan birga o‘qiydi.

– Ilgari har bir muammo bilan yolg‘iz kurashardim. Endi esa men va farzandlarim ortimizda turgan kuchli tizim borligini his qilyapman. Farzandlarim jamiyatning to‘laqonli a’zolariga aylanyapti. Bu o‘zgarishlar uchun chin dildan minnatdorman, – deydi Zarnigor Ochilova. – Hozir o‘zim ham emin-erkin ishga borib kelyapman. Qizimda ancha o‘zgarishlar sezilyapti, gapirolmasdi. Qo‘llarida, oyoqlarida harakat yo‘q edi. Logoped o‘qituvchilari yordamida qizim gapiryapti. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim yordam qilyapti. Farzandim Farangizga kolyaska, Mehrangizga esa oyoq kiyim berishdi. Qizim inklyuziv ta’limga jalb etildi. Bolalar bilan qo‘shilib yurganiga biz ham, farzandim ham xursand.

Albatta, ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar inson qadrini ulug‘lash, hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligidan dalolat. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Dw19-xNEavw?si=rkruEiymAgu0vUY_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat+video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda hech kim mehr va e’tibordan chetda emas (+video)