Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining 22-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Madaniyat vaziri Xitoyda istiqomat qilib, ta’lim olayotgan, turli sohalarda mehnat qilib, ish faoliyatini olib borayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Abdulaziz Mo‘minov hamda O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyevlar ishtirok etdi.

Vazir O.Nazarbekov bilan uchrashuv davomida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida bilim olayotgan yoshlar tomonidan mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlari, shuningdek, milliy an’analarimiz, gastronomik salohiyatimiz hamda tariximizni xitoylik mahalliy aholi orasida keng targ‘ib qilish taklifi bildirildi.

Tadbir yakunida vatandoshlarimiz uchun konsert dasturi namoyish etildi.

N.Usmonova,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozodbek Nazarbekov Xitoyda o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi