Yurt tinchligi, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida chinakam mardlik va fidoyilik ko‘rsata olish chin vatanparvar insonlarga xos fazilat. Bu yo‘ldagi jasorat va shijoat aslo unutilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Bahodir Vaisov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

U o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, yurt tinchligi va farovonligi, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida aziz jonini xatarga qo‘yib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

9 iyul kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda Xorazm viloyati hokimligi vakillari marhumning Shovot tumanida istiqomat qiluvchi oila a’zolariga “Jasorat” medalini topshirdi, deyiladi Mudofaa vazirligi ma’lumotida.

Marhum ofitser mayor Bahodir Vaisovning oila a’zolari Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni hamda davlatimizning doimiy e’tibori va ijtimoiy himoyasida bo‘ladi. Oilasi esa qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlarga ega hisoblanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasorat va shijoat aslo unutilmaydi