Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Shaharlar va viloyatlararo jamoat transporti qatnovlarini jonlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Bu yo‘nalishdagi avtobus va mikroavtobuslar uchun yo‘lovchi boshiga subsidiya beriladi.
Avtobuslar uchun utilizatsiya yig‘imidan imtiyoz yana uch yilga uzaytiriladi va mikroavtobuslarga ham joriy qilinadi.
Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun bojxona bojidan imtiyoz uch yil davomida jamoat transporti uchun ham qo‘llanadi.
Bunda, tadbirkorlarga 2 ta shart qo‘yiladi – harakat grafigiga qat’iy amal qilish hamda elektron to‘lov tizimiga o‘tib, tushumlarni shaffof ko‘rsatib borish.
O‘zA