Kuni kecha O‘zbekistonning yarim yillik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2025 yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha taqdim etilgan dastlabki makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra YAIM (Yalpi ichki mahsulot) hajmi 6.7−6.8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda, inflyatsiya esa yil boshiga nisbatan 4.2 foizni yoki yillik hisobda tahlil qilinganda 8.7 foizni tashkil qildi. 2024 yilning mos davrida inflyatsiya ko‘rsatkichi 5,2 foiz bo‘lgan edi.
Ushbu ijobiy o‘zgarishlarga qanday omillar sabab bo‘lganini bilish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Marixonum Tangriberdiyeva bilan suhbatlashdik.
- Inflyatsiya ko‘rsatkichlari bu yil yaxshilandimi? Yaxshilangan bo‘lsa qaysi omillar bunga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi?
- Yil boshidan inflyatsiya darajasi 4.2 foizni va yillik hisobda 8.7 foizni tashkil etdi. Ushbu davrda 28 turdagi tovar va xizmatlardagi narxlar pasayishi kuzatildi. Ushbu narx pasayishi inflyatsiyaga umumiy ta’siri qariyb 2 foizlik bandni tashkil qildi. Xususan, iyun oyining o‘zida inflyatsiya darajasi manfiy 0.2 % tashkil qildi. Iste’mol narxlari indeksidagi subindikatorlarga tayanilsak, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi yillik hisobda 6 % bo‘ldi. Nooziq-ovqat mahsulotlari esa 7.5 % tashkil qildi. Xizmatlar inflyatsiyasi esa 15.8 foizga oshgan. Mamlakatimizdagi inflyatsiya asosan monetar va nomonetar omillar ta’siri ostida shakllanmoqda. Masalan, bizning vazirlik bevosita nomonetar ta’sirlar ustida ish olib boradi. Nomonetar omillar transport harajatlarining oshishi yoki ayrim xizmatlar tarifi oshishi, tashqi bozorlardagi narxlar o‘zgarishlari va mavsumiylik kabi omillar inflyatsiyaga ta’sir etishi mumkin. (+davomi videoda)
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Rue_GyvJ-38?si=6W152lBuS0OJfbEK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Anvar Ahmedov, O‘zA