Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKSning 17-sammitida ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli forumda 38 davlat va xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari qatnashdi.

Sammit doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uni moliyalashtirish, tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlash, sun’iy intellektni rivojlantirish va sog‘liqni saqlash tizimini integratsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi anjuman ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, raqamli transformatsiya va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Sammit yakunida deklaratsiya qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbekiston BRIKSning hamkoriga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etib o‘tish kerakki, BRIKS davlatlararo assotsiatsiya bo‘lib, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr va Efiopiya davlatlarini birlashtirgan ittifoq hisoblanadi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston BRIKSning hamkoriga aylandi