Qozog‘istonning Ostona shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining ortda qolgan beshinchi kungi musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilarining umumiy medallari soni 35 taga yetdi.

Kecha o‘tkazilgan bellashuvlarda mamlakatimiz o‘smir qizlari 69 va 77 kilogrammda, o‘g‘il bolalar -88, -94 kilogrammda, yosh qizlar 77 kilo hamda yosh yigitlar 88 va 94 kilogramm vaznda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Munisbek Davletov, Bekzod G‘ofirjonov, Ruslan Rahmatjonov, Muhammadshokir Turdialiyev, Gulshodaxon Dadamirzayeva, Dilnura Xoldorova, Gulshodaxon Dadamirzayeva, Amina Sharipova singari sportchilarimiz o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlikka erishdi. Sportchilarimiz kechagi kun musobaqalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

Bugun, 9 iyul kungi musobaqalar ostonasida terma jamoamizning umumiy medallari soni 35 taga yetdi.

Qit’a chempionatining bugungi musobaqalarida sportchilar 5 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Omadillo Olimov, Abbosbek Axrolov, Hasanboy Xolmurodov, Qudratbek Salimjonov, Mohinur Esonboyeva va Madina Fayzullayeva bugun mahorat, iroda va jismoniy tayyorgarlik namunasini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Kecha Ostonada davom etayotgan qit’a chempionatida munosib natijalarga erishib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagan O‘zbekiston sport delegatsiyasining birinchi guruhi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Ostonada o‘tayotgan Osiyo chempionatidagi medallarimiz soni 35 taga yetdi