AOKAda o‘tkazilgan brifingda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyevning ma’lum qilishicha, mazkur tashkilotda “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb 100 kunlik” tadbiri e’lon qilingan. Unga ko‘ra, sohada korrupsiyaga yo‘l ochuvchi xavfli holatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh shakllantirilishi belgilangan.

Shuningdek, joriy yilning shu vaqtigacha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va energetika korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 ming 394 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 118,8 million metr kub tabiiy gaz (294,8 milliard so‘m), 197,1 million kilovatt-soat elektr energiyasi (327,5 milliard so‘m) noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Umumiy zarar hajmi 622,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari yuzasidan 2 ming 333 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. Ulardan 1 ming 78 tasi elektr energiyasi va 1 ming 255 tasi tabiiy gaz bilan bog‘liq qoidabuzarliklardir.

Energetika ob’ektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan holatlar yuzasidan 166 ta brigadaning ishi o‘rganildi. 89 ta brigada qoidalarga amal qilmagani uchun ishdan chetlatildi.

–Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida 306 ta holatda, umumiy hajmi 3 million 870 ming litr bo‘lgan sifatsiz mahsulot aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari doirasida umumiy quvvati 1 353 MVt bo‘lgan 6 ming 606 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. 3 ming 751 ta iste’molchining qurilmalari tarmoqqa ulanishiga ruxsat berildi. Shuningdek, joriy yilning birinchi yarmida jismoniy va yuridik shaxslardan 1 183 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 781 tasi ijobiy hal etilgan, 376 tasiga tushuntirish berilgan. Ayni chog‘da 26 tasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda, – dedi N.Norboboyev.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish davlatga 622,4 milliard so‘m zarar yetkazdi