Rossiya Prezidenti Vladimir Putin transport vaziri Roman Starovoytni lavozimidan ozod qildi. Sobiq vazir oradan bir necha soat o‘tib, vafot etgan. RF Tergov qo‘mitasi marhum xususiy mashinasida o‘q jarohati bilan jonsiz holda topilgani haqida xabar tarqatdi. Fojia sababi “o‘z joniga qasd qilish” deya taxmin qilinmoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq sahifalari Starovoyt Kursk viloyatida istehkom qurilishi vaqti yuz bergan o‘g‘irlikka aloqadorligi yuzasidan tergov olib borilayotgani haqida yozmoqda. Dushanba kuni Putin Ukraina dronlari harakati ortidan mamlakat havo hududida fuqarolik parvozi bilan bog‘liq jiddiy uzilish holatlari yuzaga kelgani uchun transport vazirini ishdan bo‘shatdi. Kreml 2024 yil may oyida transport vaziri etib qayta tayinlanishidan oldin Kursk viloyati gubernatori lavozimida ishlagan Roman Starovoyt lavozimidan ozod etilishining aniq tafsiloti yoki sababini keltirmagan. Binobarin, bu qaror Ukraina dronlari zarbasi tufayli dam olish kunlari yirik aeroportlarda yuzlab yo‘lovchi reyslar to‘xtatilganidan keyin sodir bo‘lgan.

“Rosaviatsiya” ma’lumotiga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari 485 reys bekor qilingan. Umuman, “mamlakatning markaziy qismidagi aeroportlar uchun havo hududi cheklovi joriy etilgani” sababli shanba kuni ertalabdan dushanba tongiga qadar 1900 ga yaqin reys kechiktirilgan. Kreml nazoratidagi “Kommersant” gazetasi xabar berishicha, bu aviakompaniyalarga 200 000 yevrodan ko‘proq zarar keltirgan.

Kreml ma’lum qilishicha, Havo mudofaasi tizimi yakshanba kuni kechqurun Moskva tomon yo‘l olgan sakkiz dronni urib tushirgan. Oldin ham bir necha bor Ukraina dronlari harakati sabab Rossiyada havo qatnovi to‘xtagan va 350 reys qoldirilgan edi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZHSEE0Mtxbo" title="Sobiq vazir olamdan o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiq vazir olamdan o‘tdi (+video)