Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Andijon davlat pedagogika institutida ham 2025-2026 o‘quv yili bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Andijon davlat pedagogika institutiga alohida iqtidor talab etiladigan jismoniy madaniyat, musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 982 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Ijodiy imtihonlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan biriktirilgan malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Imtihon jarayonlarining adolatli, ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun imtihonlar o‘tkazilayotgan barcha binolar kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun zarur qulayliklar yaratilgan, kutish joylari tashkil etilgan.

[gallery-24214]

Shuningdek, abituriyentlar va ularning yaqinlari imtihon.adpi.uz platformasi orqali imtihon jarayonlarini onlayn tarzda kuzatish imkoniyatiga ega.

Kasbiy, ijodiy imtihonlar maxsus grafik asosida joriy yilning 8-12 iyul kunlari, ikki smenada, ya’ni ertalab 8.00 dan 11.00 gacha hamda 16.00 dan 19.00 gacha o‘tkazilishi belgilangan.

Bundan tashqari, imtihonlarning ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlar, OAV va keng jamoatchilik vakillari kuzatuvchi sifatida imtihon jarayonlariga taklif etilgan.

Abituriyentlarning sog‘ligini nazorat qilish uchun tibbiyot xodimlari, shuningdek, imtihonlar jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodiy imtihonlar ochiq va shaffof o‘tadi