Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini ichki ishlar profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyevning xonadonida bo‘ldi.

Viloyat hokimi marhum profilaktika inspektorining ota-onasiga hamdardlik bildirib, uning jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan so‘ng berilgan “Jasorat” medali uning oila a’zolariga topshirildi.

[gallery-24212]

Uchrashuv davomida qahramonning yuksak insoniy, kasbiy fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi. Vatan tinchligi yo‘lidagi fidoiylik, burchga sadoqat marhumning porloq xotirasi hech qachon unutilmasligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Xo‘jaobod tumani ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev joriy yilning 1 iyul kuni xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida pichoqlanib, vafot etgan edi. 

F.  Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi