Kecha mamlakatimizning turli hududlarida Xalqaro voleybol kunining 130 yilligi munosabati bilan bir qator ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi “JAR” sport majmuasida ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbirida yosh voleybolchilar, sport jamoalari, keng jamoatchilik vakillari yugurish musobaqalarida ishtirok etdi.


Ommaviy yugurish musobaqalarining turli yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlikka erishganlar Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat voleybol federatsiyasi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA