Farg‘ona tumani “Log‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi bunyod etilgan “Bilimdon” bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat tashkilot va idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ramziy tasma qirqish bilan boshlanib, mehmonlar oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quv xonalari, kutubxona, ma’naviyat xonasi, tibbiyot punktlari, to‘garaklar, oshxona, o‘yin maydonchalari va suzish havzasi kabi qulayliklar yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov barchani yangi oromgoh ochilishi bilan tabriklab, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy dam olish va ta’lim maskanlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

[gallery-24199]

— Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, dam olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun foydalanishga topshirilayotgan “Bilimdon” oromgohi ham ana shu e’tibor samarasidir. Oromgoh respublika miqyosida namuna sifatida taqdim etilmoqda. Bu yerda bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bois, oromgoh Respublikamiz bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu maskan yil davomida faoliyat yuritishi lozim. Eng yaxshi o‘qigan, faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarni bu yerga jalb etib, uni yoshlar orzu qiladigan intilish maskaniga aylantirishni taklif qilmoqdamiz, — dedi viloyat hokimi.  

200 o‘ringa mo‘ljallangan oromgoh bir mavsumda 1000 nafarga yaqin bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. 48 milliard so‘mlik mazkur loyiha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Eng muhimi, oromgohda yil davomida ham to‘garaklar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.  

Tadbirda oromgoh ramziy kaliti topshirilib, qurilishda faol ishtirok etganlar taqdirlandi. Shuningdek, mahalla faollari ham o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so‘ng konsert dasturi tashkil etilib, yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinkilik ulashildi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida 14 ta statsionar va 114 ta maktab qoshidagi kunduzgi oromgoh faoliyat yuritib, yozgi mavsumda 40 ming nafarga yaqin bolalar mazmunli dam olishi ta’minlanmoqda.

M.Sulaymonov,

M.Qodirov(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi