FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.
Abituriyentlar erta tongdan imtihonga shay holda universitetga tashrif buyurdi. Qabul komissiyasi a’zolari sinovlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlash joiz, 2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 7-13 iyul kunlari, jami 15 ta bakalavriat (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Mazkur imtihonlarda ishtirok etish uchun jami 815 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.
[gallery-24192]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA