O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta yangi mikro gidroelektr stansiya foydalanishga topshirildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan respublikamiz hududlari bo‘ylab tasdiqlangan reja asosida mikro GESlarni barpo etish va ishga tushirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyat tasarrufidagi “UzHydroPower” zavodida gidroinshootlar uchun zarur bo‘lgan agregatlar va asbob-uskunalar mahalliy shart-sharoitda ishlab chiqarilmoqda.

Xususan, Nukus tumanida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida 2 ta mikro GES qurilib, ishga tushirildi. “Aqterek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Bo‘zatov kanali oqimidan foydalanilgan holda quvvati 15 kVt bo‘lgan mikro stansiya qurildi. Bu qurilma yiliga 85 ming kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, mahallaning elektr ta’minotini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Kerder” ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli “Qizil uy” ovulidagi To‘rtko‘l kanalining suv resurslari asosida quvvati 30 kVt/soat bo‘lgan yana 2 ta mikro GES faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu stansiyalar yiliga 175 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, Xo‘jayli tumanidagi “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Suyenli kanalida har biri 50 kVt quvvatga ega bo‘lgan yana 2 ta mikro GES qurildi. Mazkur ob’ektlar yiliga 580 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatiga ega.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur tashabbuslar mahalliy tadbirkorlar uchun namunaviy loyiha sifatida xizmat qilmoqda. Endi davlat-xususiy sheriklik asosida yangi mikro GESlarni qurishda tadbirkorlar ham faol ishtirok etishlari mumkin.

Natijada Nukus tumanida 3 ta, Xo‘jayli tumanida 2 ta mikro GES mahalliy aholi uchun barqaror elektr energiya manbai sifatida ish boshladi. Shuningdek, ushbu stansiyalar tuman mahallalariga biriktirilib, ular ishlab chiqargan elektr energiyasidan kelib tushgan mablag‘lar mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga yo‘naltirilishi belgilandi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda 5 ta yangi mikro GES ishga tushirildi