Shu kunlarda Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Jahon kubogi-2025” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

47 ta mamlakatning 107 nafar eng kuchli ayol grossmeysterlari ishtirok etayotgan nufuzli turnirda Gulruhbegim Tohirjonova, Afruza Hamdamova va Umida Omonova mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Kecha mukofot jamg‘armasi 676 ming 250 AQSH dollaridan iborat “Jahon kubogi-2025” musobaqasining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Afruza Hamdamova qora donalarda perulik Fiorella Kontrerasni, Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda kubalik Miranda Lyanes Yerisbelni mag‘lub etdi. Umida Omonova qora donalarda fransiyalik Sofi Milliyet bilan durang o‘ynadi.

2026 yili ayollar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmalarni taqdim etadigan mazkur musobaqa 28 iyulga qadar davom etadi.

“Jahon kubogi-2025” bahslarida g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchi qizlarimiz “Jahon kubogi-2025”da qatnashmoqda