Yurtimizda yosh olimalarni qo‘llab-quvvatlashga doimo e’tibor qaratib kelingan. Sababi qaysi sohada bo‘lmasin ilm qilish igna bilan quduq qazigandek mushkul ish. Xotin-qizlarimizning matonati va metin irodasi tufayli qishloq xo‘jaligida ham ko‘plab kashfiyotlar qilinmoqda.

Masalan, Shalola Hasanova Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti bo‘lib, qulupnay genetikasi va seleksiyasi sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U o‘z ilmiy faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida, ustozi biologiya fanlari doktori Dilrabo Ernazarova ilmiy rahbarligida stajyor-tadqiqotchi sifatida boshladi.

Shalola Hasanova o‘z tadqiqotlarida qulupnayning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega yangi navlarini yaratish maqsadida molekulyar biologiyaning zamonaviy usullaridan – xususan, “DNK-marker” texnologiyalaridan samarali foydalanib, yangilik yaratdi. Yosh olimaning izlanishlari qulupnay navlarining hosildorligi, stress omillarga chidamliligi va meva sifati kabi muhim xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, milliy seleksiya dasturlarida katta amaliy ahamiyatga ega.

- Hozirgi yaratilayotgan navlar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarimiz oldin ham o‘rganilgan.O‘zbekiston bo‘yicha bir nechta navlar yaratilgan, - deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti Shalola Hasanova. – Lekin bizning ilmiy ishimizning afzalligi shundaki biz molekulyar genetika orqali ushbu tadqiqotni olib boryapmiz va bu tadqiqot molekulyar genetika orqali bo‘lgani uchun O‘zbekistonda ilk bora amalga oshirilyapti.

Yosh tadqiqotchi sifatida Shalola Hasanova o‘z izlanishlari orqali mamlakatimizda mevachilik sohasida molekulyar seleksiyani keng joriy etishga hissa qo‘shish niyatida. Uning tayanch doktorantura doirasidagi tadqiqotlari ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, amaliy natijalarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/v7VOzVv-WCM?si=yolbTz-2gZ7tJqAF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulupnayning yangi milliy navi ixtiro qilindi (+video)